• (+99890) 970-09-91
    (+99890) 211-44-44
    Toshkent sh.Yunusobod tum.Niyozbek 1-uy
  • Biz haqimizda

    XK“DORA LINE”  kompaniyasi  2014  yilda tashkil etilgan bo’lib,  O’zbekiston bozoridagi jadal rivojlanayotgan farmatsevtika kompaniyalaridan biridir.

    “DORA LINE” – farmatsevtika kompaniyasi , vitaminlar, minerallar, ta’biiy dorivor o’simlik preparatlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan .

    Hozirgi kunda DORA LINE kompaniyasi  tabletka dori shaklida mahsulotlar ishlab chiqaradi.Ayni kunda  9 xil turdagi maxsulotlarga egamiz.

    “DORA LINE” ning barcha mahsulotlari xomashyosi  ta’biy  o’simlik va minera manbalardan olinadi.

    “DORA LINE” kompaniyasining barcha uskunalari va ishlab chiqarish jarayoni xalqaro standartlarga to’liq mos keladi.

    Dorivor preparatlarini ishlab chiqarishda  keng miqqiyosda O’zbekiston va Rossiyaning tog’larida va vodiylarida o’sadigan dorivor kuchga ega dorivor o’simliklardan foydalanadi.

    Bizning missiyamiz- Biz bozorga kasalliklarning oldini olish uchun innovatsion tabiy mahsulotlarni tadbiq qilish, ishlab chiqarish va o’z vaqtida joriy etish, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va bemorning hayot sifatini yahshilashni xohlaymiz.

    Bizning asosiy vazifamiz- yo’qori sifatli, samarali  preparatlar ishlab chiqarish. Bizning maqsadimiz – mahsulotlarimiz sifatini va xafsizligini kafolatlash. “DORA LINE” preparatlari standartga mos ravishda ishlab chiqariladi.

    Xom ashyo xarid qilish va qadoqlash bilan yakunlanadigan ishlab chiqarishning har bir bosqichi, shunungdek, tayyor mahsulotni saqlash mutaxassislarimizning  majburiy nazorati ostida.

    Marketing xizmati bozor talablarini doimiy ravishda o’rganib chiqadi, shifokorlar va bemorlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. Ushbu yondashuv zamonaviy standartlarni qamragan xolatda import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va respublika buylab uning targ’ibotini amalga oshiradi.DORA LINE farmatsevtika bozorining, mavjud va kelajagdagi ehtiyojlarini inobatga olgan holda ,  o’z o’sish yo’lini tanlaydi.Bizning kelajagimiz iste’molchilar va sog’liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarga mas’uliyatli munosabatda bo’lishdir.

    Kompaniyamizning asosiy qiymati xodimlardir, shuning uchun ularning sog’ligi va xavfsizligi bilan shug’ullanish barcha jarayonlarni tashkil etishning asosidir.

    “DORA LINE” ning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi :

    -yangi biologik faol qo’shimchalar va dori vositalarini tadbiq qilish, ularni  ishlab chiqish va mavjud portfelning ko’lamini kengaytirish orqali innovatsiyalar sohasida yetakchilikni mustahkamlash;

    -bozorga yangi dori-darmon olib kirish va rivojlanayotgan bozorda ishtirokini kengaytirish orqali barcha bo’linmalarning o’sishini jadallashtirish;

    -yangi biologik faol qo’shimchalar va  dori vositalarini ishlab chiqishda jalb etiladigan investitsiyalar uchun moliyaviy resurslarni chiqaradigan bir qator korporativ tashabbuslar tufayli samaradorlikni o’stirish