XONDROLIN®
Tarkibi:
1 tabletka uz ichiga : D-glyukozamin gidroxlorid 250 mg, xondroitin sulfat 250 mg
Yordamchi moddalar:
Kalsiy stearat, krahmal (potato starch) ,saxaroza .
Ta’rifi:,Oq rangli ,dumaloq, ikkiyoqlama qavariq ,qobiqsiz,qisman ustida dog’ nuqtalari va chetlari notekis bulishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari:
Xondrolin tog’ay tuqimasini shakllanishini kuchaytiruvchi qayta tiklanishini rag’batlantiruvchi sifatida ta’sir kursatadi. Suyak va tog’ay tuqimlari asosiy moddasini xosil qilishda ishtirok etadi. Organizmdagi barcha bug’im tog’aylari parchalanish jarayonini sekinlashtiradi va ularning qayta tiklanish jarayonini stimullaydi. XONDROLIN osteoxondroz va osteoartrozning rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi . Umurtqa pog’onasida va umurtqalar oldi yumshoq to’qimalarda degenerativ jarayonlarni rivojlanishini sekinlashtiradi.
Qo’llanilishi :
- Bo’gimlar va umurtqa pog’onasining degenirativ-distrofik kasalliklarini davolashda va uni oldini olishda
- Osteoxondroz va osteoartrozning rivojlanish jarayonini sekinlashtirishda
- Xar xil turdagi lokalizatsiya ega osteoartrit (umurtqa pog’onasi ,tizza,chanoq son,bilak bug’imlari va xk)
- Birlamchi va ikkilamchi osteoartrit
- Suyak ,bug’im,umurtqa pog’onasi sohasida operatsiya jarayonidan keyingi va umutqalararo disk churrasi (grija) bilan og’rigan bemorlarga umumiy muolajaga yordamchi vosita sifatida
Qo’llash usuli va dozalari :
Xondrolin tabletkalari suv bilan birga ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan yuqori bulgan bolalarga 1 tabletkadan 2 marta sutkasiga.
Tavsiya etiladigan davolash kursi 3- 6 oyni tashkil etadi . Zarurat bulganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi
Nojo’ya tasirlari :
Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik ,12 yoshgacha bulgan bolalar,homiladorlik va emizish davrida
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz
Chiqarilish shakli :
- tabletkalar 50,60,120 tadan polietilen flakonda karton qutida
- tabletkalar 50,60,120 tadan blisterlarda karton qutida
qo’llash buyicha yuriqnoma bilan birga joylanadi
Saqlash sharoiti : Xondrolin yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati : 2 yil
Dori vositasi emas. BFQ.
Ishlab chiqaruvchi: XK ”DORA LINE“ O’zbekiston Respublikasi , Toshkent shahri , Yunusobod tumani ,Niyozbek yuli 1-uy.