• (+99890) 970-09-91
    (+99890) 211-44-44
    Toshkent sh.Yunusobod tum.Niyozbek 1-uy
  • OKULIN vision

    OKULIN vision

    OKULIN vision

    • Product Code: ОКУЛИН
    • Availability: In Stock
    • $0.00

    Savdo nomi :   OKULIN vision

    Tarkibi:

    1 kapsula uz ichiga : 

    Lutein- 5 mg

    Zeaksantin-2mg

    Chernika mevalari ekstrakti  -40 mg

    Ruh- 5 mg

    Vitamin C- 30mg

    Vitamin B6 -2 mg

    Selen 30mkg

    Yordamchi moddalar: kalsiy stearat ,kraxmal .

    Ta’rifi:,Oq sarg’ish rangli kukun kurinishda

    Farmokologik xususiyati

        OKULIN vision ko’z a’zolarini zarur ozuqaviy moddalar –vitaminlar va minerallar bilan ta’minlaydi, vitamin va mikroelementlarning taqchilligi bilan bog’liq bo’lgan ko’z to’qimalarining funksional xolatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Ko’zlarni charchoqdan, qichishdan va sust ko’rishdan saqlaydi, qorong’ulikda moslashishni engillashtiradi, ko’z kapilyarlarini mustahkamlaydi.

          Chernikaning faol moddalari xujayra membranalarini egiluvchanligini oshiradi va ko’z pardasini qon aylanishini kuchaytiradi va ko’z tubi qon tomir devorlarini mustahkamlaydi, ko’zning ichki bosimini tushuradi 

    Qo’llanilishi :

    -  Ko’zning og’ir zo’riqishida (komyuterda ishlash ,uzoq muddat  avtomobil xaydaganda va uzoq muddat quyosh yorug’ligida bo’lish, komyuterda ishlash )

    -  Кo’rish a’zolari kasalliklari kompleks terapiyasi va profilaktikasida:

    -  Кo’z tomirlari patologiyasi kompleks terapiyasida (glaucoma ,katarakta ,miopiya):

    -  Shabko’rlikda (qorong’uda ko’rishi yomonlashgan bemorlarga)

       Qo’llash usuli va dozalari :

    OKULIN vision suv bilan birga ichga qabul qilinadi. Ovqat vaqtida.

      1 kapsuladan 2 marta sutkasiga.

    Tavsiya etiladigan davolash kursi 1  -  oyni tashkil etadi . Zarurat bulganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi

    Nojo’ya tasirlari :

    Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

    Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

    Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .

    Dorixonalarda berish tartibi:

    Retseptsiz

    Chiqarilish shakli : 

    - kapsulalar  30,50,60 donadan -  polietilen flakonda  yoki blisterlarda qo’llash bo'yicha yo’riqnoma bilan karton qutida joylangan .

    Saqlash sharoiti : Xondrolin yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

    Yaroqlik muddati : 2 yil