Savdo nomi
: FERRO FOL
Tarkibi:
1 tabletka
uz ichiga :
Temir sulfat 150 mg-
Askorbin kislotasi 60 mg
Folat
kislotasi 0,5 mg
Yordamchi moddalar:
Krahmal, saxaroza .
Farmakologik xususiyatlari :
Ferro-fol -tarkibiga kiruvchi temir (II) sulfati gemopoetik tasir kursatib , organizmda temir tanqisligi o’rnini to’ldiradi.Temir saqlovchi metobolitlar sintezini substrat ravishda ta’minlaydi. Temir bilan kompleksda vitamin C va Folat kislotasi mavjudligi ionlashgan temirning so’rilishini yaxshilaydi, uning prooksidant ta’sirini oldini oladi, oqsillarni yaxshi xazm bo’lishiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi (C vitamin ) – qonning ivishi, oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini va qondagi lipidlar miqdorini boshqaradi. Folat kislotasing metobolizmida faol ishtirok etadi, shuningdek organizmni himoya faoliyatini oshirib, qon yaratilish jarayonlarini, immune tizimini rag’batlantiradi.
Folat kislotasi(B9 vitamini ) megablastlarning normal yetilishi va normablastlarning hosil bo’lishi uchun zarur. Eritropoezni rag’batlantiradi, aminokislotalarning (shu jumladan metionin, serin), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlarning sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.
Qo’llanilishi :
Temir tanqisligi kamqonligi davolash va oldini olish.
-Temirning yashirin tanqisligi.
- Turli ta’sirlar (jarroxlik aralashuvlari ionlanuvchi nurlanish,uzoq muddatli gemodializ va boshqalar).
-Homiladorlik va laktatsiya davridagi kamqonlikni oldini olish.
Qo’llash usuli va dozalari :
FERRO-FOL preparati ichga ovqat vaqtida yoki undan so’ng qullaniladi
-Temir
tanqisligi bo’lgan bemorlarga 1-2 kapsuladan
kuniga 2 marta 3 oy davomida
-Yashirin
temir tanqisligida 1-2 kapsuladan kuniga 1 marta 1 oy davomida
-Homilador
ayollarga, homiladorlikning 14- xaftasidan boshlab tug’ruqqacha 1 kapsuladan 1
marta
-Laktatsiya davrida kuniga 1 kapsuladan 3-6 oy
-Xayz kurish davrida : 1 kapsuladan kuniga xayz kurish boshlanishidan oldin 2 kun, butun sikl davomida va tugaganidan so’ng 2 kun
-Tibbiy
abortdan oldin kuniga 1-2 kapsuladan 15
kun
Nojo’ya tasirlari :
Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz
Chiqarilish shakli :
kapsulalar 30 donadan blisterlarda qo’llash bo'yicha yo’riqnoma bilan karton qutida joylangan .
Saqlash sharoiti : Ferro FOL yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati : 2 yil