• (+99890) 970-09-91
    (+99890) 211-44-44
    Toshkent sh.Yunusobod tum.Niyozbek 1-uy
  • PROGELMINT®

    PROGELMINT®

    PROGELMINT®

    • Product Code: ПРОГЕЛЬМИНТ
    • Availability: In Stock
    • $199.99

    Dori shakli : Tabletka 500 mg dan

    Tarkibi : Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar

    Qora andiz (Inula   Helenium  L )                       120 mg

    Sano bargi va urug’I (Cassia Acutifolia  L)      120 mg

    Oddiy dastarbosh (Tanacetum Vulgare L)      120 mg

    Qovoq urug’i  (Semen cucurbitae  )             20mg

    Yordamchi moddalar:

    - Krahmal (potato starch) 35 mg   , saxaroza  80 mg  ,kalsiy stearat 5 mg 

    Ta’rifi:

    Dumaloq ikki tomonlama qavariq , jigarrangli , qisman chetlari notekis bulishi mumkin.

    Qo’llanishi :

    - Parazit va toksinlarga qarshi

    - Askarida ,,ostritsa ,lyamblia (kompleks davolanishda )ga qarshi

     -Gijja ,parazitlarga qarshi profilaktika maqsadida .

    Farmakologik xususiyatlari: 

    Progelmint   tabiiy dorivor o’simliklar yig’indisi bulib  mikroblarga  , gijja (askaridoz,enterobioz, lyambliyoz ), ayniqsa ichak parazitlariga qarshi ta’sir kursatadi .Oshqozon ,ichak tizimi faoliyatini normallashtiradi.Ichaklarning reflektorli kengayish va qisqarishini kuchaytiradi . Tarkibdagi tanatsetin moddasi  parazitlarning perefirik asab tizimi va muskul to’qimalariga ta’sir qilib ularning pralichiga olib keladi va nobud bo’ladi .

     Qo’llash usuli va davolash rejimi  :

    Progelmint tabletkalari ovqatdan 30min oldin  suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

    -Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun  3-2  tabletkadan  3 mahal,

    -5 yoshdan- 12 yoshgacha bulgan bolalarga 1-2 tabletkadan 3 mahal , 1 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tabletkadan 3 mahal .Yosh bolalar uchun tabletkani maydalab suv (qaynatilgan) bilan birga berish tavsiya etiladi .

    Davolanish davomiyligi    10 kun qabul qilinadi ,  bir xafta tanaffus  , 5 kun qabul qilinadi yoki davolovchi shifokor tavsiyasiga ko’ra belgilanadi . Davolanish vaqtida achchiq ,sho’r,  mahsulotlar  qabul qilmaslik zarur.

    Nojo’ya ta’siri:

    Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bulish mumkin

    Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

    Homiladorlik va laktatsiya davri ,1 yoshgacha bo’lgan bolalar ,oshqozon yarasi bilan og’rigan bemorlar

    Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:

    Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi

    Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:

    Progelmint  preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo’ladigan nohush holatlar kuzatilmagan

    Saqlash sharoiti :

    Progelmint yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +25C dan yo’qori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

    Chiqarilish shakli : 

    - tabletkalar 50,60,80 tadan polietilen  flakonda karton qutida

    - tabletkalar 50,60,80 tadan  blisterlarda karton qutida

     qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi

     

    Yaroqlik muddati : 2 yil