GEPOLIN
GEPOLIN 

GEPOLIN®

Dori shakli : Tabletka 500 mg dan

Tarkibi : Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar

Andiz-(Inul Helenium)-L                            60 mg                Qalampir yalpiz-(Mentha Pipirita L )            60mg

Bo’znoch-(Hilichrysum Arenarium L )     50 mg                Sudraluvchi timyan(Thymus Serpyllum L)    30mg

Igir (Acorus CalamusL)                              15mg                 Dalachoy (Hypericum Perforatum L)            60mg

Tog’ rayhon (O Vulgare L )                        60mg                 Rovoch (Rheum Tanguticum  L)                    30mg

Yordamchi moddalar:

- Krahmal (potato starch)  30 mg  , saxaroza -  100 mg  ,kalsiy stearat   5 mg

Ta’rifi: Dumaloq ikki tomonlama qavariq , jigarrangli , qisman chetlari notekis bulishi mumkin.

Gepolin   -antioksidant ta’sirga ega (jigar hujayrasidagi metobolizmni yaxshilaydi) va safro miqdorini oshiradi .Jigardagi xolesterin miqdorini normallashtiradi . Mikroblarga qarshi ,spozmolitik .Gepolin  o’t qopida yig’ilgan toshlarni  ,tuzlarni haydash  va ularning hosil bulishiga to’sqinlik qiladi .Tarkibdagi karotinlar,Vitamin E ,Vitamin C  oshqozon va o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatini  regeneratsiya qilishda,tashqi omillarga nisbatan barqarorligini oshirishga yordam beradi . Tarkibdagi foydali saponinlar organizmdan ekzogen va endogen metobolitlarni chiqib ketishiga ko’maklashadi.

Qo’llanishi :

-Jigarning funktsional buzulishi

-Surunkali gepotit,xolangit ,12 barmog’  ichak yarasi

-Gepotoksik preparatlar va boshqa zararli moddalar ,alkogol bilan zaharlanish

-O’t qopi toshi va tuz to’planishi  kasalligidagi  operatsiya jarayonidan keyingi umumiy muolajaga yordamchi vosita sifatida

Qo’llash usuli va davolash rejimi  :

Gepolin   tabletkalari  ovqatdan 5-10 minut   oldin  kup miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.

-Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun  2 tabletkadan  3 mahal,

-3 yoshdan- 12 yoshgacha bulgan bolalarga1 tabletkadan 3 mahal ,

Davolanish muddati individual tarzda belgilanadi.Surunkali kasalliklarda davolanish muddati 30 kun. Zarurat bulganda davolanish kursi takrorlanadi .

Nojo’ya ta’siri:

Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bo’lish mumkin

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

-Ayrim moddalarni individual qabul qila olmaslik.1 yoshgacha bo’lgan bolalarga

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi

Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:

Gepolin  preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo’ladigan nohush holatlar kuzatilmagan

Dorixonalarda berish tartibi:

Retseptsiz

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,80, tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,80, tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi

Saqlash sharoiti : Gepolin  yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati : 2 yil

Одноразовая посуда в Ташкенте