NEFROLIN
NEFROLIN 

NEFROLIN®

Dori shakli : Tabletka 500 mg dan

Tarkibi : Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar

  -Pol-Pola( Pol pola)                                             95 мг

  -Ro’yan- (Rubia Tinctorum)                              70  мг

  -Oddiy brusnika- (Vaccinium Vitis-idaea)      48  мг

  -Buyrakchoy-(Follum Orthophonis)               48   мг

  - Chumchuqtil  -(Poligonum Aviculare)         95  мг 

Yordamchi moddalar

- Krahmal (potato starch) 39 mg , saxaroza 100 mg ,kalsiy stearat 5 mg 

Ta’rifi: Dumaloq ikki tomonlama qavariq , jigarrangli , qisman chetlari notekis bulishi mumkin.

Nefrolin kombinatsiyalangan preparat . Diuretik,spazmolitik ,yallig’lanishga qarshi va antibakterial.  Buyrak va siydik yo’llaridagi oksalat , fosfat toshlarni parchalaydi ,ularning qaytadan vujudka kelishiga tusqinlik qiladi.Siydik yo’llarini peristaltik  qisqarishini kuchaytirib tuz va toshlarning chiqarib yuborilishini ta’minlaydi .O’t pufagida tosh hosil bo’lishini oldini oladi .

Qo’llanishi :

-Buyrak va siydik yo’llarining surunkali yallig’lanish va shamollash kasalliklariga qarshi (pielet,pielonefrit,uretrit,tsistit,prostatit)

-Buyraktosh kasalligida  (buyrak,siydik yuli,siydik qopidagi  tuzlarni xaydashda)

-O’t yullari tosh kasalligi xolistitsit,xolangit  

-Homiladorlik turli davrlaridagi pielonefrit

-Buyraktosh kasalligidagi  operatsiya jarayonidan keyingi umumiy muolajaga yordamchi vosita sifatida

-Umrqta ostexondrozi ,podagra ,artrit

Qo’llash usuli va davolash rejimi  :

Nefrolin  tabletkalari  ovqatdan 5-10 minut   oldin ,  kup miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.

-Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun  2 tabletkadan  3 mahal,

-6 yoshdan- 12 yoshgacha bulgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal ,

Davolanish muddati individual tarzda belgilanadi.Surunkali kasalliklarda davolanish muddati 30 kun. Zarurat bulganda davolanish kursi takrorlanadi .

Nojo’ya ta’siri:

Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bulish mumkin

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

-Ayrim moddalarni individual qabul qila olmaslik.3 yoshgacha bo’lgan bolalarga

Dorixonalarda berish tartibi:

Retseptsiz

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,120 tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,120 tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yuriqnoma bilan birga joylanadi

Saqlash sharoiti : Nefrolin  yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlik muddati : 2 yil

Одноразовая посуда в Ташкенте