PROGELMINT
PROGELMINT 

PROGELMINT®

Dori shakli : Tabletka 500 mg dan

Tarkibi : Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar

Qora andiz (Inula   Helenium  L )                       120 mg

Sano bargi va urug’I (Cassia Acutifolia  L)      120 mg

Oddiy dastarbosh (Tanacetum Vulgare L)      120 mg

Qovoq urug’i  (Semen cucurbitae  )             20mg

Yordamchi moddalar:

- Krahmal (potato starch) 35 mg   , saxaroza  80 mg  ,kalsiy stearat 5 mg 

Ta’rifi:

Dumaloq ikki tomonlama qavariq , jigarrangli , qisman chetlari notekis bulishi mumkin.

Qo’llanishi :

- Parazit va toksinlarga qarshi

- Askarida ,,ostritsa ,lyamblia (kompleks davolanishda )ga qarshi

 -Gijja ,parazitlarga qarshi profilaktika maqsadida .

Farmakologik xususiyatlari: 

Progelmint   tabiiy dorivor o’simliklar yig’indisi bulib  mikroblarga  , gijja (askaridoz,enterobioz, lyambliyoz ), ayniqsa ichak parazitlariga qarshi ta’sir kursatadi .Oshqozon ,ichak tizimi faoliyatini normallashtiradi.Ichaklarning reflektorli kengayish va qisqarishini kuchaytiradi . Tarkibdagi tanatsetin moddasi  parazitlarning perefirik asab tizimi va muskul to’qimalariga ta’sir qilib ularning pralichiga olib keladi va nobud bo’ladi .

 Qo’llash usuli va davolash rejimi  :

Progelmint tabletkalari ovqatdan 30min oldin  suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

-Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun  3-2  tabletkadan  3 mahal,

-5 yoshdan- 12 yoshgacha bulgan bolalarga 1-2 tabletkadan 3 mahal , 1 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda 1 tabletkadan 3 mahal .Yosh bolalar uchun tabletkani maydalab suv (qaynatilgan) bilan birga berish tavsiya etiladi .

Davolanish davomiyligi    10 kun qabul qilinadi ,  bir xafta tanaffus  , 5 kun qabul qilinadi yoki davolovchi shifokor tavsiyasiga ko’ra belgilanadi . Davolanish vaqtida achchiq ,sho’r,  mahsulotlar  qabul qilmaslik zarur.

Nojo’ya ta’siri:

Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bulish mumkin

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

Homiladorlik va laktatsiya davri ,1 yoshgacha bo’lgan bolalar ,oshqozon yarasi bilan og’rigan bemorlar

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi

Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:

Progelmint  preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo’ladigan nohush holatlar kuzatilmagan

Saqlash sharoiti :

Progelmint yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +250 C dan yo’qori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,80 tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,80 tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi

 

Yaroqlik muddati : 2 yil

Одноразовая посуда в Ташкенте