SEDOLIN
SEDOLIN 

SEDOLIN®

Dori shakli : Tabletka 500 mg dan

Tarkibi : Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o’simliklar

Arslonquyruq   -  (Leonurus L)                             100mg

Dorivor valeriana   -   (Valeriana Officinalis)   25 mg

Kiyik o’ti     -   (Thimus Serpyllum L )                   40 mg

Dorivor limon o’t   -   Melissa Oficinalis L)        75mg

Qalampir yalpiz     -   (Mentha piperita)           100mg

Tog’rayhon  -  (Origanum Vulgare)                    40mg

Yordamchi moddalar:

- Krahmal (potato starch) 35 mg  , saxaroza  80mg  ,kalsiy stearat 5mg

Ta’rifi:

Dumaloq ikki tomonlama qavariq , jigarrangli , qisman chetlari notekis bulishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlari:  Sedolin tabiiy dorivor o’simliklardan tashkil topgan bulib markaziy nerv sistemasini quzg’aluvchanligni pasaytiradi va sedativ ta’sir ko’rsatib reflektorlik ta’sirchanlikni kamaytiradi.Ruhiy hayajon  hissini pasaytiradi . Yurak mushaklari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi , yurak qon tomirlari kengaytiruvchi ,gipotenziv hususiyatni kursatadi .

Qo’llanishi :

-asab tizimi  quzg’aluvchanligining oshishi

-normal uyqu tiziming buzulishi ,uyqusizlik

-asabiy taranglik holatlarini yengishda

-tinchlantiruvchi vosita sifatida

Qo’llash usuli va davolash rejimi  :

Sedolin tabletkalari ovqatdan keyin  suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

-Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun  1 tabletkadan  3 mahal,

-6 yoshdan- 12 yoshgacha bo’lgan bolalarga1 tabletkadan 1 mahal ,

Uyqusizlik holatida   1-2 taletkadan  kechki uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etiladi

Nojo’ya ta’siri:

Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bulish mumkin

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

- homiladorlik va emizish davrida

-Jigarning og’ir funksional buzulishida

-6 yoshdan kichik bolalarda

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi

Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:

Sedolin preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo’ladigan noxush holatlar kuzatilmagan

Saqlash sharoiti :

Sedolin  yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yo’qori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,80 tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,80 tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi

 

Yaroqlik muddati : 2 yil

Одноразовая посуда в Ташкенте