Super Magniy B6
Super Magniy B6

Super Magniy B6®

Tarkibi: 1 tabletka oz ichiga :

Magniyning umumiy miqdori  (Mg+2)  48mg ,piridoksin gidroxloridi(vitamin B6) 0.5 mg saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

Magniy stearat , saxaroza ,kraxmal.

Ta’rifi:

Oq rangli silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.

Xususiyatlari:

Magniy organizmning barcha tuqimalarida buladigan hayotiy muhim element bulib u kupchilik modda almashinuvi reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Xususan inson organizmidagi nerv impulslarini o’tqazilishini  boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida faol qatnashadi. Magniy oshqozon ichak sistemasida yaxshi suriladi. Piridoksin gidroxlorid magniyning xujayralarga kirishini yaxshilaydi.

Qo’llanilishi:

Magniy inson organizmiga faqat tashqaridan ovqat bilan birga kiradi. Magniy yetishmovchiligi kunlik ratsion buzilganda  yoki organizmda magniyga nisbatan ehtiyoj ortganda (jismoniy , aqliy toliqish , mushaklarning tirishishi ,asabiylashish, uyquning biroz buzulishi ,homiladorlik vaqti)kuzatiladi.

Qo’llash usuli va davolash rejimi : 

SuperMagniyB6  tabletkalari ovqat vaqtida ko’p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.Kattalarga 1 tab  2-3 maxal, 6 yoshdan oshgan bolalarga 1tab 1-2 maxal yoki shifokor tavsiyasiga ko’ra qabul qilinadi.

Homiladorlik va laktatsiya  davrida qo’llanishi.

Zarur bulganda homiladorlikning har qanday bosqichida shifokor tavsiyasiga ko’ra qo’llash mumkin.

Nojuya tasirlari :

Juda  kam hollarda oshqozon-ichak sistemasida (qorinda og’riq)o’zgarish.

Qo’llash mumkin bulmagan holatlar:

Tarkibdagi komponentlarga nisbatan yuqori ta’sirchanlik .6 yoshgacha bo’lgan bolalarda.

Chiqarilish shakli : Tabletkalar 10 donadan blisterda, 5ta blisterdan yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylashgan.

 

Saqlash sharoiti : Super MagniyB6  yorug’likdan himoyalangan joyda +250 C dan (namlik 70% dan)yuqori bulmagan haroratda zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Одноразовая посуда в Ташкенте