XONDROLIN

XONDROLIN®

Tarkibi:

1 tabletka uz ichiga :  D-glyukozamin gidroxlorid  250 mg, xondroitin  sulfat  250 mg

Yordamchi moddalar:

Kalsiy stearat, krahmal (potato starch) ,saxaroza .

Ta’rifi:,Oq rangli ,dumaloq, ikkiyoqlama qavariq ,qobiqsiz,qisman ustida dog’  nuqtalari va chetlari notekis bulishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlari:

       Xondrolin tog’ay tuqimasini shakllanishini kuchaytiruvchi qayta tiklanishini rag’batlantiruvchi sifatida ta’sir kursatadi. Suyak va tog’ay tuqimlari asosiy moddasini xosil qilishda ishtirok etadi. Organizmdagi barcha bug’im tog’aylari parchalanish jarayonini sekinlashtiradi  va ularning qayta tiklanish jarayonini stimullaydi. XONDROLIN osteoxondroz va osteoartrozning rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi . Umurtqa pog’onasida va umurtqalar oldi yumshoq to’qimalarda  degenerativ jarayonlarni rivojlanishini sekinlashtiradi.

Qo’llanilishi :

Bo’gimlar va umurtqa pog’onasining degenirativ-distrofik kasalliklarini davolashda va uni oldini olishda

-  Osteoxondroz va osteoartrozning  rivojlanish jarayonini sekinlashtirishda

-  Xar xil turdagi  lokalizatsiya ega osteoartrit (umurtqa pog’onasi ,tizza,chanoq son,bilak bug’imlari  va xk)

-  Birlamchi va ikkilamchi osteoartrit

-  Suyak ,bug’im,umurtqa pog’onasi sohasida operatsiya jarayonidan keyingi va  umutqalararo disk churrasi (grija) bilan      og’rigan bemorlarga umumiy  muolajaga yordamchi vosita sifatida

  Qo’llash usuli va dozalari :

Xondrolin  tabletkalari suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan yuqori bulgan bolalarga 1 tabletkadan 2 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3- 6 oyni tashkil etadi . Zarurat bulganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi

Nojo’ya tasirlari :

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik ,12 yoshgacha bulgan bolalar,homiladorlik va emizish davrida

Dorixonalarda berish tartibi:

Retseptsiz

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,120 tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,120 tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yuriqnoma bilan birga joylanadi

Saqlash sharoiti : Xondrolin yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati : 2 yil

Dori vositasi emas. BFQ.                                                                    

 

Ishlab chiqaruvchi:  XK ”DORA LINE“ O’zbekiston  Respublikasi , Toshkent shahri , Yunusobod tumani ,Niyozbek yuli 1-uy. 

Одноразовая посуда в Ташкенте