XONDROLIN plus

XONDROLIN plus®

Tarkibi: 1 tabletka uz ichigaD-glyukozamin gidroxlorid  250 mg , xondroitin  sulfat  100 mg , kalsiy korbonat 200 mg

Yordamchi moddalar:

 Kalsiy stearat  , krahmal (potato starch) , saxaroza .

Ta’rifi:,Oq rangli ,dumaloq, ikkiyoqlama qavariq ,qobiqsiz,qisman ustida dog’  nuqtalari va chetlari notekis bulishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlari:

       Xondrolin plus tarkibiga kiruvchi asosiy ta’sir etuvchi moddalar D-glyukozamin gidroxlorid ,xondroitin  sulfat va kalsiy karbonat  kompleks ta’sirga ega bulib  , tog’ay tuqimasini shakllanishini kuchaytiruvchi qayta tiklanishini rag’batlantiruvchi sifatida ta’sir kursatadi. Suyak va tog’ay tuqimlari asosiy moddasini hosil qilishda bir vaqtning o’zida kalsiy miqdorini organizmda bir meyorga keltirishda ishtirok etadi.Kalsiy asosiy moddalarga qo’shimcha  sifatida  organizmdagi barcha bug’im tog’aylari parchalanish jarayonini sekinlashtiradi  va ularning qayta tiklanish jarayonini stimullaydi. Xondrolin plus osteoxondroz va osteoartrozning rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi va kompleks ta’sir ko’rsatadi . Umurtqa pog’onasida va umurtqalar oldi yumshoq to’qimalarda  degenerativ jarayonlarni rivojlanishini sekinlashtiradi.

Qo’llanilishi :

Bo’gimlar va umurtqa pog’onasining degenirativ-distrofik kasalliklarini davolashda va uni oldini olishda  va bir vaqtning uzida  kalsiy moddasi tanqisligini oldini olishda va uni urnini tuldirishda

-  Osteoxondroz va osteoartrozning  rivojlanish jarayonini sekinlashtirishda

-  Xar xil turdagi  lokalizatsiya ega osteoartrit (umurtqa pog’onasi ,tizza,chanoq son,bilak bug’imlari  va xk)

-  Birlamchi va ikkilamchi osteoartrit

-  Suyak ,bug’im,umurtqa pog’onasi sohasida operatsiya jarayonidan keyingi va  umutqalararo disk churrasi (grija) bilan      og’rigan bemorlarga umumiy  muolajaga yordamchi vosita sifatida

  Qo’llash usuli va dozalari :

Xondrolin plus  tabletkalari suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan yuqori bulgan bolalarga 1 tabletkadan 2 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3- 6 oyni tashkil etadi . Zarurat bulganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi

Nojo’ya tasirlari :

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bulmagan holatlar :

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik ,12 yoshgacha bo’lgan bolalar,homiladorlik va emizish davrida

Dorixonalarda berish tartibi:

Retseptsiz

Chiqarilish shakli : 

- tabletkalar 50,60,120 tadan polietilen  flakonda karton qutida

- tabletkalar 50,60,120 tadan  blisterlarda karton qutida

 qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi

Saqlash sharoiti : Xondrolin plus yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda      +250 C dan yo’qori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati : 2 yil

Одноразовая посуда в Ташкенте