logo
Get Update
PAPAINOL

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma 

Savdo nomi:   PAPAINOL

Tarkibi: Faol moddalar

1 kapsula o`z ichiga: 

Papaya tabiiy kukuni 400mg (Carica papaya).

Yordamchi moddalar: kalsiy stearat, kraxmal, saxaroza.

Farmokologik xususiyati:

Quritilgan papaya ekstrakti uglevodlar,oqsillar, aminokislotalar ,vitamin kompleksi  A, B1 ,B2, B3, B5, B6, C, D, E, foli kislota (B9) Proteolit ferment-PAPAIN , makro va mikro elementlar kalsiy, magniy, rux, temir kabi minerallar va vitaminlarni o`z ichiga olgan.

PAPAIN – enzim erituvchi, qonni suyultiruvchi, tabiiy qon aylanishini buzuvchi qon oqsili-fibrin parchalanishida qatnashadi,trombotsitlar to`planishiga qarshilik qiladi, qon tomir devorlaridagi keraksiz yog’ qatlamlarini parchalashga yordam beradi.

Qo’llanilishi:

-osteoxondroz va disk churrasi kasalliklarida yordam beradi;

-xolesterin miqdorini kamaytiradi va tromblar xosil bo’lishini oldini oladi;

-immun tizimini mustahkamlashda;

-tanadagi ortiqcha miqdordagi vaznni ketkazishga yordam beradi;

-disk churrasi (grija) da jarrohlik amaliyotidan keyingi davolashda profilaktika uchun qo’llaniladi.

Qo’llash usuli va dozalari:

PAPAINOL suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

 1 kapsuladan 2 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3 -  oyni tashkil etadi. Zarurat bo`lganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo’ya ta`sirlari:

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz.

Chiqarilish shakli: 

- kapsula 30 tadan qo’llash bo`yicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan. 

Saqlash sharoiti: yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati: 2 yil.

Dori vositasi emas. BFQ

^