logo
Get Update
PAPAINOL PLUS

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma 

Savdo nomi:   PAINOL Plus kalsiy

Tarkibi: Faol moddalar 

1 kapsula uz ichiga: 

Papaya quruq ekstrakti 300 mg (Carica papaya).

Kalsiy korbonat 80mg

Yordamchi moddalar: kalsiy stearat, kraxmalsaxaroza.

Farmakologik xususiyati

Quritilgan papaya mevasi ekstrakti uglevodlar, oqsillar aminokislotalar, vitamin kompleksi A, B1, B2, B3, B5, B6, C, D, E, foli kislota (B9) proteolit ferment-papain, makro va mikro elementlar kalsiy, magniy, rux, temir kabi minerallar va vitaminlarni o’z ichiga olgan.

PAPAIN – enzim erituvchi, qonni suyultiruvchi, tabiiy qon aylanishini buzuvchi qon oqsili  fibrinni parchalanishida qatnashadi, trombotsitlar to’planishiga qarshilik qiladi, qon tomir devorlaridagi keraksiz yog’ qatlamlarini parchalashga yordam beradi. Kalsiy korbonat organizmda suyak tog’ay to’qimalarida kalsiy moddasiga bo’lgan ehtiyojini qoplaydi.

Papaya ekstrakti bilan bir vaqtda kompleks ta’sir ko’rsatadi.

Qo’llanilishi: 

-osteoxondroz va disk churrasi kasalliklarida yordam beradi;

-xolesterin miqdorini kamaytiradi va tromblar xosil bo’lishini oldini oladi;

-organizmda kalsiy moddasiga bo’lgan ehtiyojini qondiradi;

-immun tizimini mustahkamlashda;

-tanadagi ortiqcha miqdordagi vaznni ketkazishga yordam beradi;

-disk churrasi (grija) da jarroxlik amaliyotidan keyingi davolashda profilaktika uchun qo’llaniladi.

  Qo’llash usuli va dozalari:

PAPAINOL plus kalsiy suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

 1-2 kapsuladan 2 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3 - 6 oyni tashkil etadi. Zarurat bo`lganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi. 

Nojo’ya ta`sirlari:

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz. 

Chiqarilish shakli: 

- kapsula 30 tadan qo’llash bo`yicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan. 

Saqlash sharoiti: 

yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda     +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati: 2 yil

Dori vositasi emas. BFQ

^