logo
Get Update
Super CaD3

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Tarkibi: 1 tabletkada:

Kalsiy korbonat 800 mg;

kolekalseferol(vitamin D3) 5 mkg.                                                                                                                   

Yordamchi moddalar: shakar yoki maltodekstrin, limon kislotasi, apelsin lazzati, kraxmal, kaltsiy yoki magnezium stearat.

Ta’rifi: Apelsin ta’mli chaynaladigan tabletkalar oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qobiqsiz, qisman ustida dog‘nuqtalari va chetlari notekis bo‘lishi mumkin.

Farmakologik xususiyatlari: 

Chaynab iste’mol qilinadigan Super CaD3 tabletkalari o‘z tarkibidagi  kalsiy inson hayoti uchun muhim aktiv mineral element hisoblanadi. Organizmda (suyakda, tishda, tirnoqda, sochda, mushakda) kalsiy almashinuvida ishtirok etadi. Kalsiy nerv o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqarishi, gormonlarning ishlab chiqarilishini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivishi tizimining komponenti hisoblanadi.

Farmakokinitikasi:

Kalsiy ingichka ichakda so‘riladi. Kalsiy ionlangan holatda ingichka ichakning proksimal qismida so‘riladi. Vitamin D3 kalsiy ionlarini so‘rilishi va transport jarayonida aktiv qatnashadi.

Qo‘llanilishi:  Super CaD3 organizmda kalsiy va vitamin D3 yetishmovchiligi holatlarida o‘rnini to‘ldirish maqsadida, o‘sish  yoshidagi bolalarda, suyak va tish to‘qimalari yaxshi rivojlanishiga, homilador va emizikli ayollarda, keksalarda (kalsiy yetishmovchiligi oldini olish uchun).

Qo‘llash usuli va davolash tartibi:

Super CaD3 tabletkalari ovqat vaqtida chaynab iste’mol qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1 tabletkadan 2 mahal, 7 – 12 yoshgacha 1 mahal, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga shifokor tavsiyasi bilan doza belgilanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi:

Homiladorlik va emizish davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etish lozim (shifokor  tavsiyasi bilan). Vitamin D3 va uning metabolitlari ko‘krak suti orqali ajralib chiqadi. Shu sababli ona va bola organizmiga qo‘shimcha kalsiy va Vitamin D iste’molini hisobga olish lozim.

Nojo‘ya ta’sirlari:

Kam hollarda oshqozon-ichak sistemasida o‘zgarish (ich qotish, qorinda og‘riq). Juda kam holatlarda giperkalseuriya, giperkalsiemiya (kalsiyni qonda va peshopda miqdori oshishi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: 

Preparat tarkibidagi komponentlarga nisbatan yuqori ta’sirchanlik. Giperkalseuriya giperkalsiemiya, gipervitaminoz. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda.

Chiqarilish shakli:   20 yoki 50 tadan chaynaladigan tabletkalar polietilen flakonda karton qutida.   

Saqlash sharoiti: Super CaD3 yorug‘likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan holatda  bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Dori vositasi emas. BFQ.   

^