logo
Get Update
SuperMagniy B6

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Tarkibi: 1 tabletkada: Magniyning umumiy miqdori (Mg+2) 48 mg; Piridoksin gidroxloridi (vitamin B6) 0.5 mg saqlaydi.

 

Yordamchi moddalar:

Magniy stearat, saxaroza, kraxmal.

 

Ta’rifi: 

Oq rangli silliq yaltiroq yuzali tabletkalar.

 

Xususiyatlari:

Magniy organizmning barcha to‘qimalarida bo‘ladigan hayotiy muhim element bo‘lib u ko‘pchilik modda almashinuvi reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Xususan inson organizmidagi nerv impulslarini o‘tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Piridoksin gidroxloridi (B6 vitamini) nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida faol qatnashadi. Magniy oshqozon-ichak sistemasida yaxshi so‘riladi. Piridoksin gidroxlorid magniyning hujayralarga kirishini yaxshilaydi.

 

Qo‘llanilishi: 

Magniy inson organizmiga faqat tashqaridan ovqat bilan birga kiradi. Magniy yetishmovchiligi kunlik ratsion buzilganda yoki organizmda magniyga nisbatan ehtiyoj ortganda (jismoniy, aqliy toliqish, mushaklarning tirishishi, asabiylashish, uyqu buzilishi, homiladorlik davrida) kuzatiladi.

 

Qo‘llash usuli va davolash tartibi: 

Super MagniyB6 tabletkalari ovqat vaqtida ko‘p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. 

- Kattalarga 1 dona 2-3 mahal; 

- 6 yoshdan oshgan bolalarga 1 dona 1-2 mahal yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi.

 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi:

Zarur bo‘lganda homiladorlikning har qanday bosqichida shifokor tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash mumkin. 

 

Nojo‘ya ta’sirlari:

Juda kam hollarda oshqozon-ichak sistemasida (qorinda og‘riq) o‘zgarish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Tarkibdagi komponentlarga nisbatan yuqori ta’sirchanlik va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga.

 

Chiqarilish shakli: Tabletkalar 10 donadan blisterda, 5ta blisterdan yo‘riqnoma bilan birga karton qutida joylashgan.

 

Saqlash sharoiti: Super Magniy B6 yorug‘likdan himoyalangan joyda +250 C dan (namlik 70% dan) yuqori bo‘lmagan haroratda zich yopilgan holatda  bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

 

Dori vositasi emas. BFQ.

^