logo
Get Update
Nefrolin

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Savdo nomi:   NEFROLIN

Dori shakli: Kapsula

Tarkibi: Asosiy ta’sir etuvchi dorivor o‘simliklar:

Pol-Pola (Pol pola)                                                95 mg

Ro‘yan (Rubia Tinctorum L)                                70  мg

Oddiy brusnika (Vaccinium Vitis-idaea L)        48 мg

Buyrakchoy (Follum Orthophonis L)                  48   мg

Chumchuqtil (Poligonum Aviculare L)               95 мg

Yordamchi moddalar: kraxmal, saxaroza.

Qo‘llanishi:

- Buyrak va siydik yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi va shamollash kasalliklariga qarshi (pielet, pielonefrit, uretrit, tsistit, prostatit);

- Buyraktosh kasalligida (buyrak, siydik yo‘li, siydik qopidagi tuzlarni haydashda);

- O‘t yo‘llari tosh kasalligi xolistitsit, xolangit;   

- Homiladorlik turli davrlaridagi pielonefrit; 

- Buyraktosh kasalligidagi operatsiya jarayonidan keyingi umumiy muolajaga yordamchi vosita sifatida;

- Umurtqa ostexondrozi, podagra, artrit kasalliklarida.

Qo‘llash usuli va davolash tartibi:

Nefrolin kapsulalari ovqatdan 5-10 daqiqa oldin ko‘p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.

- Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 2 kapsuladan, 3 mahal;

- 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan, 3 mahal; 

Davolanish muddati individual tarzda belgilanadi. Surunkali kasalliklarda davolanish muddati 30 kun. Zarurat bo‘lganda davolanish kursi takrorlanadi.

Nojo‘ya ta’siri:

Juda kam hollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan sezuvchanlik. 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: 

Ayrim moddalarni individual qabul qila olmaslik. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga.

Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: 

Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz.

Chiqarilish shakli: 

- Jelatin kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga joylanadi.

Saqlash sharoiti:

Nefrolin yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati: 2 yil.

Dori vositasi emas. BFQ.                                                                     

^