Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
Savdo nomi: BIFF- KIDS
Tarkibi: sashe (1gr)
1 sashe kukun
Bifidobakteriya Bifidobacterium longum shtamm №17x va/yoki
Bifidobacterium bifidum shtamm RKMUz-175
Laktobakteria Laktobacillus acidopiius shtamm № 180
Lactobakterium bulgaricum shtamm №176 va /yoki
Lactobacillus plantarum shtammRKMUz-174 a
Streptokokk Streptococus thermophiles shtamm №108 ,66-1413 yoki
Streptococcus diacetilactis shtamm №13с 65-64
Propionobakteria Propionibacterium avidum shtamm №1
1gr kukunda 1x109 KOE/g dan ortiq miqdorda
Yordamchi moddalar:
Maltodekstrin, kraxmal (potato starch).
Ta’rifi: Kukun oq yoki sarg’ish rangli bo’lib, kuchsiz nordon hid va kuchsiz shirin ta’mga ega.
Biologik xususiyati:
BIFF kids tarkibiga kiruvchi bakteriyalar ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tiklash va saqlab qolish xususiyatiga ega. Bifidobakteriayalar va Laktobakteriyalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlar faoliyati va ko’payishi uchun noqulay sharoit yaratadi. Organizmda vitaminlar sintezida va moddalar almashinuvi jarayonida aktiv qatnashadi.
Qo’llanilishi:
- ichak mikroflorasini normallashtiradi;
- ovqat xazm qilishni yaxshilashdi;
- antibiotiklar va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
- bolalarda immun tizimini mustahkamlashda;
- meteorizm va qorin dam bo’lishida.
Qo’llash usuli va dozalari:
- 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 yoki 2 sashedan kuniga 3 mahal.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz.
Chiqarilish shakli:
BIFF kids - kukunlar sashelarda 1 gr 10 donadan karton qutida qo’llash bo`yicha yo’riqnoma bilan birga joylangan.
Saqlash sharoiti: BIFF kids yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +20 C dan +250 C gacha bo’lgan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati: 2 yil.
Dori vositasi emas. BFQ.