logo
Get Update
BIFF IMMUNO

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma 

Savdo nomi:   BIFF immuno

Tarkibi: Faol moddalar

1 sashe (0.8gr) kukun

Bifidobakteria                                                      Bifidobacterium longum shtamm   №17x va/yoki 

                                                                                 Bifidobacterium bifidum shtamm RKMUz-175 

Laktobakteria                                                         Laktobacillus acidopiius shtamm № 180

                                                                                 Lactobakterium bulgaricum shtamm №176 va /yoki 

                                                                                 Lactobacillus plantarum shtammRKMUz-174 a

Streptokokk                                                            Streptococus thermophiles shtamm №108 ,66-1413 yoki

                                                                                  Streptococcus diacetilactis shtamm №13с 65-64

Propionobakteria                                                   Propionibacterium avidum shtamm №1 

1gr kukunda 1x109 KOE/g dan ortiq miqdorda

Sink - 5 mg, Askorbin kislotasi (Vitamin C) - 12 mg.

Yordamchi moddalar: 

Maltodekstrin, kraxmal.

Ta’rifi: Kukun oq yoki sarg’ish rangli bo’lib, kuchsiz nordon hid va kuchsiz shirin ta’mga ega.

Biologik xususiyati:

BIFF-immuno -   tarkibiga kiruvchi bakteriyalar ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tiklash va saqlab qolish xususiyatiga ega.Bifidobakteriayalar va Laktobakteriyalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlar faoliyati va ko’payishi uchun noqulay sharoit yaratadi. Organizmda vitaminlar sintezida va moddalar almashinuvi jarayonida aktiv qatnashadi.

Sink – Organizmni zararli bakteriyalar, mikroblar va viruslardan himoya qiluvchi immun tizimi hujayralari - fagositlar faoliyatiga yordam beradi

Vitamin C – Antioksidant, metabolik va oksidlanish qaytarilish jarayonlarini boshqaruvchi vosita. Antitelo hamda interferon sintezini faollashtiradi. Organizm adaptatsion imkoniyatini oshirib, infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi.

Qo’llanilishi:

- Ichak mikroflorasini normallashtirishda;

- ovqat hazm qilishni yaxshilashda;

- antibiotiklar va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;

- immun tizimini mustahkamlashda;

- meteorizm va qorin dam bo’lishida.

 Qo’llash usuli va dozalari:

 Emizikli bolalarga ovqatlanish vaqtida sashe ichidagini ona sutiga qo’shib yoki sun’iy bolalar ovqatiga qo’shib beriladi.

- 6 oygacha bo’lgan bolalarga 1 paketchadan bir kunda 1 mahal

- 6 oydan 3 yoshgacha 1 paketchadan 2 mahal

- 3 yoshdan 7 yoshgacha 1 paketchadan uch mahal

-7 yoshdan yo’qori bulgan bolalarga va kattalarga 2 paketchadan 2-3 mahal 

Qabul qilish muddati 7-14 kungacha yoki shifokor tavsiyasiga kura belgilanadi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. 

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz. 

Chiqarilish shakli: 

Kukunlar sashelarda 10 donadan karton qutida qo’llash bo’yicha yo’riqnoma bilan birga joylangan.

Saqlash sharoiti: yorug’likdan himoyalangan, quruq (namlik 70% dan oshmagan) +250 C gacha bo’lgan haroratda saqlash, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati: 2 yil.

Dori vositasi emas. BFQ.                                                                   

^