Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Savdo nomi: BIFF
Tarkibi:
1 kapsulada 0.4 gr. kukun
Bifidobakteriya Bifidobacterium longum shtamm №17x va/yoki
Bifidobacterium bifidum shtamm RKMUz-175
Laktobakteriya Laktobacillus acidopiius shtamm № 180
Lactobakterium bulgaricum shtamm №176 va /yoki
Lactobacillus plantarum shtammRKMUz-174 a
Streptokokk Streptococus thermophiles shtamm №108 ,66-1413 yoki
Streptococcus diacetilactis shtamm №13с 65-64
Propionobakteria Propionibacterium avidum shtamm №1
1 gr. kukunda 1x109 KOE/g dan ortiq miqdorda
Qo‘shimcha moddalar: kraxmal, maltodekstrin.
Ta’rifi: Kukun oq yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, kuchsiz nordon hid va kuchsiz shirin ta’mga ega.
Biologik xususiyati:
BIFF tarkibiga kiruvchi bakteriyalar ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tiklash va saqlab qolish xususiyatiga ega. Bifidobakteriayalar va laktobakteriyalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlar faoliyati va ko‘payishi uchun noqulay sharoit yaratadi. Organizmda vitaminlar sintezida va moddalar almashinuvi jarayonida aktiv qatnashadi.
Qo‘llanilishi:
– ichak mikroflorasini normallashtirishda;
– ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;
– antibiotiklar qabul qilish va boshqa kimyoterapevtik davolashdan keyingi holatda;
– o‘n ikki barmoqli ichak faoliyatini tartibga solishda;
– immun tizimini mustahkamlashda;
– meteorizm va qorin dam bo‘lishida.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan bolalarga ovqatlanish vaqtida kapsula ichidagini ona sutiga qo‘shib yoki sun’iy bolalar ovqatiga qo‘shib beriladi.
– 6 oygacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan bir kunda 1 mahal;
– 6 oydan 3 yoshgacha 1 kapsuladan 2 mahal;
– 3 yoshdan 7 yoshgacha 1 kapsuladan uch mahal;
– 7 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalarga va kattalarga 2 kapsuladan 2-3 mahal;
Qabul qilish muddati 7 – 14 kungacha yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra muddat belgilanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz.
Chiqarilish shakli:
BIFF – kukunlarijelatin kapsulada 10, 12, 20 donadan blisterda yoki polietilen flakonda karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga joylangan.
Saqlash sharoiti : yorug‘likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +20 C dan +250 C gacha bo‘lgan haroratda zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati : 2 yil
Dori vositasi emas. BFQ.