logo
Get Update
FERRO FOL

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Savdo nomi: FERRO FOL

Tarkibi: 

1 dona kapsulada: 

- temir sulfat 150 mg

- Vitamin C (Askorbin kislotasi) 60 mg

- Folat kislotasi 0,5 mg

Yordamchi moddalar: kraxmal, saxaroza.

FERRO-Fol kapsulasi tarkibiga kiruvchi temir (II) sulfat organizmda temir tanqisligi o‘rnini to‘ldiradi. Temir bilan kompleksda vitamin C va Folat kislotasi mavjudligi ionlashgan temirning so‘rilishini yaxshilaydi, uning prooksidant ta’sirini oldini oladi, oqsillarni yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Folat kislota nukleoproteinlarni sintez qilish va normal eritropoezni stimullaydi.

Qo‘llanilishi:

- Temir tanqisligi kamqonligini davolash va oldini olishda;

- Temirning yashirin tanqisligida;

- Turli ta’sirlar (jarrohlik aralashuvlari ionlanuvchi nurlanish, uzoq muddatli gemodializ va boshqalar);

- Homiladorlik va laktatsiya davrida.

Qo‘llash usuli va dozalari:

FERRO FOL preparati ichga ovqat vaqtida yoki undan so‘ng qo‘llaniladi.

– Temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarga 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta 3 oy davomida;

– Yashirin temir tanqisligida 1-2 kapsuladan kuniga 1 marta 1 oy davomida;

– Homilador ayollarga, homiladorlikning 14-haftasidan tug‘ruqqacha 1 kapsuladan 1 marta; 

– Laktatsiya davrida kuniga 1 kapsuladan 3-4 oy;

– Hayz ko‘rish davrida: 1 kapsuladan kuniga hayz ko‘rish boshlanishidan oldin 2 kun, sikl davomida va tugaganidan so‘ng 2 kun;

– Tibbiy abortdan oldin kuniga 1-2 kapsuladan 15 kun.

Nojo‘ya tasiri:

Juda kam hollarda me’da-ichak sistemasida o‘zgarish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.  

Dorixonalarda berish tartibi:

Retseptsiz. 

Chiqarilish shakli: 

Kapsulalar 30, 50, 60 donadan polietilen flakonda yoki blisterlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida joylangan.

Saqlash sharoiti: 

yorug‘likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati:

2 yil

Dori vositasi emas. BFQ.                                                                     

^