logo
Get Update
MONA FORTE

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma 

Savdo nomi:   MONA  Forte

Tarkibi (1 sashe-3gr): 

Faol moddalar: L - Arginin 1000 mg, L-karnitin 200 mg, E vitamini 18 mg, Sink okxid 22 mg, Vitamin B9 (Folat kislotasi) 1 mg, Natriy Selenat 0,1 mg, Magniy karbonat -168 mg, Vitamin B6- 2 mg, Viamin C - 100 mg, Kaliy yod 0,15 mg, Koenzim Q10 10 mg, Muqaddas Viteks (Vitex agnus-castus) 50 mg.

Yordamchi moddalar: saxaroza, tabiiy aromatizator (vanillin, banan yoki apelsin), maltodekstrin.

Farmokologik xususiyatlari:

- L-arginin - organizmdagi qon aylanishini yaxshilaydi va hujayralarni kislorod bilan ta'minlaydi.

- L-karnitin - hayz tsikliga ijobiy ta'sir qiladi.

- Vitamin E oqsillar, yog'lar va uglevodlar metabolizmini yaxshilaydi. Hujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi.

- Rux oksidi - genetik apparatlarning ishlashi uchun zarur bo'lgan element bo'lib, hujayralar o'sishi va bo'linishida faol ishtirok etadi. Shuningdek, aminokislotalar, oqsillar, yog'lar, uglevodlar sintezida ishtirok etadi.

- Foliy kislotasi - hujayraning o'sishi va bo'linishi uchun zarurdir. Homilaning o'sish va rivojlanish davrida yordam beradi.

- Natriy selenat - organizmdagi zarur fermentlar va gormonlar saqlaydi va ovulyasiyani kuchaytiradi.

- Magniy karbonat - homiladorlik paytida oqsil va aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.

- Vitamin В6 – homiladorlikning boshlang'ich davrida toksikoz jarayonini osonlashtiradi. Hissiy holat yaxshilanadi. Embrion asab tizimining rivojlanishida ishtirok etadi.

Qo’llanilishi: Ayollar  uchun kombinatsiyalangan vitaminlar kompleksi

-organizmni yetishmagan zarur vitamin va minirallar o’rnini to’ldirish 

-ayol organizmini xomiladorlikka tayyorlashda 

-tuxum xujayralarni yetiltirish aktivligini oshirishda 

-xomiladorlik vaqtida embrion va ona uchun zarur bo’lgan vitamin minerallarga bo’lgan extiyojini qondirishda

 Qo’llash usuli va dozalari 

MONA Forte suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

 1 sashedan 1 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3 -  oyni tashkil etadi. Zarurat bulganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi 

Nojo’ya tasirlari 

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar 

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz 

Chiqarilish shakli 

30 sashe tadan qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan. 

Saqlash sharoiti 

Yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati 

 2 yil

Dori vositasi emas. BFQ

^