logo
Get Update
XONDROLIN PLUS

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma

Savdo nomi:   XONDROLIN plus

Tarkibi 650 mg: Faol moddalar: 

-  D-glyukozamin gidroxlorid (Glucosamine hydrochloride) -250 mg

-  Xondroitin sulfat (Chondroitini sulfas) - 100 mg

-   Kalsiy korbonat (Сalcium carbonate) -200 mg     

Yordamchi moddalar: 

 Kalsiy stearat, krahmal, saxaroza.

Ta’rifi:Oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qobiqsiz,qisman ustida dog’  nuqtalari va chetlari notekis bo’lishi mumkin.

Qo’llanilishi: 

Xondrolin plus - suyak tuqimalari va bo’g’imlar aro suyiqlikni umumiy funksional holatini yaxshilaydi.Kalsiy  yetishmovchiligini oldini oladi.

Qo’llash usuli va dozalari:

Xondrolin plus tabletkalari suv bilan birga ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 12 yoshdan yuqori bulgan bolalarga 1 tabletkadan 2 marta sutkasiga.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3- 6 oyni tashkil etadi. Zarurat bo’lganda takroriy davolash kurslari shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo’ya tasirlari:

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik ,12 yoshgacha bo’lgan bolalar, homiladorlik va emizish davrida.

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz.

 Chiqarilish shakli:

 Tabletkalar 50 donadan 120 donagacha blisterlarda karton qutida

qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylanadi 

Saqlash sharoiti:

 Xondrolin plus yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yo’qori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati: 2 yil.

Dori vositasi emas. BFQ

^