Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Savdo nomi: GEPOLIN
Tarkibi:
Andiz- (Inul Helenium)L60 mg, Qalampir, yalpiz (Mentha Pipirita L) 60mg, Bo‘znoch (Hilichrysum Arenarium L) 50 mg, Sudraluvchi timyan (Thymus Serpyllum L) 50 mg Igir (Acorus Calamus L) 60 ng, Dalachoy (Hypericum Perforatum L) 60 mg, Tog‘ rayhon (O Vulgare L) 60 mg, Rovoch (Rheum Tanguticum L) 30 мг
Yordamchi moddalar: kraxmal, saxaroza.
Qo‘llanishi:
Gepolin jigar va o‘t qopini funksional buzilishida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va davolash tartibi:
Gepolin kapsulalari ovqatdan 5-10 daqiqa oldin ko‘p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.
- Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1-2 kapsuladan 3 mahal;
- 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 kapsuladan 3 mahal.
Davolanish muddati individual tarzda belgilanadi. Surunkali kasalliklarda davolanish muddati
30 kun. Zarurat bo‘lganda davolanish takrorlanadi.
Nojo‘ya ta’siri:
Juda kam hollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan sezuvchanlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Ayrim moddalarni individual qabul qila olmaslik. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga.
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri:
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi:
Gepolin preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar kuzatilmagan.
Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz.
Chiqarilish shakli:
Jelatin kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan joylangan.
Saqlash sharoiti:
Gepolin yorug‘likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati: 2 yil
Dori vositasi emas. BFQ