logo
Get Update
DORA KALSIN

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma

Savdo nomi:   DORA-KALSIN

Tarkibi (1 sashe-1,5 gr): 

Faol moddalar

Kalsiy sitrat 1100 mg, Magniy karbonat 100 mg, Glutamin kislotasi 33 mg,Vitamin C (Askarbin kislotasi) 60 mg, Vitamin D3 3000 M.E, Sink oksid 30 mg.

Yordamchi moddalar

- shaker kukuni, aromatizator (apelsin yoki banan).

Farmokologik xususiyati

- Kaltsiy tsitrat - suyak to'qimasining shakllanishida, qon bosimini nazorat qilishda va qon ivish jarayonida ishtirok etadi. Suyaklar, tishlar shakllanishiga yordam beradi, suyak to'qimasining zichligini oshiradi, terining sog'lom bo'lishini ta'minlaydi. Osteoporoz xavfini kamaytiradi. Asab va mushak tizimlarining normal ishlashiga yordam beradi.

- Vitamin D3 – suyak skeletining shakllanishida ishtirok etadi, suyak tuzilishini saqlashga yordam beradi, ichaklarda kaltsiyning so'rilishini va buyrak usti naychalarida fosfor reabsorbtsiyasini kuchaytiradi.

- Magniy karbonat - kaltsiyning so'rilishini kuchaytiradi, suyaklarning o'sishi va minerallanishiga ta'sir qiladi, kaltsiy-oksalat toshlarining shakllanishiga to'sqinlik qiladi.

- Glutamin kislotasi - organizmdagi aminokislotalarning qayta aminlanish jarayonlarida, oqsil va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadigan aminokislota bo'lib, u oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, organizmdan ammiakni zararsizlantirib, chiqarib yuborishga yordam beradi va organizmning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi.

- Askorbin kislotasi - С vitaminining gipo - va avitaminoz holatlarini oldini olishda, o'sish, homiladorlik, emizikli davrda va jismoniy va aqliy zo'riqishlarda, charchash, stress holatlarida, uzoq davom etgan va og'ir kasalliklardan so'ng sog'ayish davrida organizmning С vitaminiga bo'lgan yuqori ehtiyojini ta'minlashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi

Organizmda tog'ay to'qimalarining regenerasiyasini yaxshilash, kaltsiy va D vitamini etishmovchiligini bartaraf etish, suyak to'qimasida kaltsiy va fosfor almashinuvini tartibga solish maqsadida kaltsiy va D vitaminining qo'shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Chaqaloqlarda liqildoqlarning bitishini, tishlarning shakllanishi va chiqishini kuchaytiradi. Yigitlar va o'smirlarda suyak o'sishini yaxshilaydi.

Qo'llash usuli va dozasi

Qabul qilishdan oldin paketdagi tarkib bir stakan (50 ml) ichimlik suvida eritiladi, aralashtiriladi. Tayyorlangandan keyin darhol ichish lozim.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga bir kunda 1 ta paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.

7 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun: bir kunda 2 paketdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish kursi 4-6 hafta.

Nojo’ya ta’siri:

Juda kam xollarda preparatning tarkibidagi ayrim moddalarga nisbatan  sezuvchanlik bulish mumkin 

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: 

Dorixonalarda berish tartibi: 

Retseptsiz 

Chiqarilish shakli 

Kukunlar 15 sashelarda donadan karton qutida qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga joylangan. Bitta sasheni massasi-1,5 gr

Saqlash sharoiti 

Yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati 

 2 yil

Dori vositasi emas. BFQ

^