Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma
Savdo nomi: Vitamin D₃
Tarkibi:
Faol moddalar: Vitamin D₃ 5000 M.E.
Yordamchi moddalar: kraxmal, kalsiy stearat, kalsiy karbonat, saxaroza, tabiy aromatizator.
Farmakologik xususiyatlari.
D₃ vitamini organizmdagi kalsiy va fosfor almashinuvining regulyatori: ichakdagi kalsiyning so'rilishini va buyrakda fosforning qayta so'rilishini kuchaytiradi. Suyak to'qimasini shakllantirishda ishtirok etadi. Bolalarda suyak skeleti va tishlarining shakllanishiga, suyak minerallashuviga yordam beradi, suyaklanish jarayonini kuchaytiradi, suyaklarning tuzilishini tiklaydi.
Qo’llanilishi:
D₃ vitamini qalqonsimon bezlarining normal ishlashi uchun zarurdir, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi Immun tizimini mustahkamlashga yordam beradi.
Qo’llash usuli va dozalari
Kattalar va 7 yoshdan oshgan bolalar ovqat vaqtida kuniga 1-2 marta 1 tabletkadan. Qabul qilish muddati kamida 1 oy.
Nojo’ya tasirlari
Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .
Dorixonalarda berish tartibi.
Retseptsiz
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 60 tadan qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlik muddati
2 yil
Dori vositasi emas. BFQ