logo
Get Update
VITAMIN C

Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma 

Savdo nomi:   Vit C

Tarkibi: 

Faol moddalar: Vitamim C    50 mg.

Yordamchi moddalar: kraxmal, kalsiy stearat, kalsiy karbonat, saxaroza, tabiy aromatizator.

Farmakologik xususiyatlari 

C vitamini organizmning antioksidant himoya tizimining asosiy tarkibiy qismidir; u kollagen va prokollagen sintezida, foliy kislotasi va temir almashinuvida ishtirok etadi. C vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, bu organizmga viruslar va bakteriyalarga qarshi turishga imkon beradi, ayniqsa gripp va sovuq mavsumda. Askorbin kislota tanada ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun uni oziq-ovqat bilan muntazam istemol qilishni ta'minlash juda muhimdir

Qo’llanilishi: 

Tananing infeksiyalarga chidamliligini oshirish (immunitet tizimini mustahkamlash), sochlarning to'kilishini oldini olish, kollagenini sintez qilish. Yog'   bezlari faoliyatini tartibga solish, terining yog'li porlashi va qizarishi bilan kurashishga imkon beradi. 

Qo’llash usuli va dozalari

Foydalanish bo'yicha tavsiyalar: Kattalar va 7 yoshdan katta bolalar, ovqat bilan birga kuniga 2 martda 1 tabletkadan. Qabul qilish muddati kamida 1 oy. Mavsumiy gripp va sovuq xavo  paytida kundalik iste'mol qilish tavsiya etiladi

Nojo’ya tasirlari 

Juda kam hollarda me’da ichak sistemasida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar 

Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik .

Dorixonalarda berish tartibi

Retseptsiz 

Chiqarilish shakli

- tabletkalar 30 tadan qo’llash buyicha yo’riqnoma bilan birga karton qutida joylangan. 

Saqlash sharoiti 

 Yorug’likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +250 C dan yuqori bo’lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati 

 2 yil

Dori vositasi emas. BFQ

^