Preparatning savdo nomi: SPEN FORTE
Tarkibi:
a) 2 kapsula uchun yashil - ertalabki doza:
L-karnitin 500 mg, L-arginin 180 mg, L-glutation 50 mg, koenzim Q10 10 mg, Omega-3 10 mg, E vitamini 30 mg, B6 vitamini 2 mg, B9 vitamini - 0,3 mg.
b) 2 kapsula uchun qizil-qora - kechki doza:
L-karnitin 500 mg, Sink oksidi 13 mg, natriy selenat 0,1 mg, Uzunbargli evrikoma (Tongkat ali) 300 mg.
Yordamchi moddalar: maltodekstrin, kraxmal, kalsiy stearat.
Farmakologik xususiyatlari:
Erkaklar uchun kombinatsiyalangan vitamin va aminokislotalar:
• L-karnitin - spermatozoidlarni kontsentratsiyasini va harakatini oshiradi. Spermatogenezni kuchaytiradi.
• L-arginin - jinsiy a'zolarga qon aylanishini va erektsiyani yaxshilaydi.
• L-Glutation - antioksidant, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi.
• Koenzim Q10 - spermatozoidlarni sonini ko'paytiradi va faoliyatini yaxshilaydi.
• Omega-3 - spermatozoidga, tuxumning tashqi qatlamlarini yorib o'tishga yordam beradi.
• Rux oksidi - spermatozoidlar sintezida ishtirok etadi.
• Vitamin E - moyak to'qimasida oksidlovchi stressni kamaytiradi.
• Vitamin B6 - erkaklar libidosini zaiflashtiradigan prolaktin gormoni ta'sirini kamaytiradi.
• Vitamin B9 (Folat kislota) - spermatozoidlarni yetilishini yaxshilaydi.
• Natriy selenat - spermatozoidlar kontsentratsiyasini, harakatlanishini kuchaytiradi.
• Tongkat Ali - testosteron ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Erkak quvvatini oshiradi, erektil disfunksiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, libidoni (jinsiy istakni) oshiradi.
Qo'llanilishi:
• Erkak bepushtligi;
• Spermatogenez patologiyasi (teratozoospermiya);
• Spermatozoidlar harakati sustlashishi (astenozoospermiya);
• Sperma miqdori kamayishi (oligospermiya);
• Erektil disfunksiya;
• Libido pasayishi;
• Muddatdan oldin eyakulyatsiya;
• Hayot tonusini oshirish uchun;
• EKUga tayyorlashda qo'shimcha vosita sifatida.
Qo'llash usuli va dozalari:
Ertalab 2 ta yashil kapsulani 1 marta va kechqurun 2 ta qizil-qora kapsulani 1 marta ichiladi.
Tavsiya etiladigan davolash kursi 3 oyni tashkil etadi. Zaruriyat bo'lganda takroriy davolash kursi shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo'ya ta'sirlari:
Ayrim hollarda me'da ichak tizimida o'zgarishlar bo'lishi mumkin (ko'ngil aynishi, qayt qilish).
Qarshi ko'rsatmalar:
Prostata bezining adenomasi, turli xil o'simtalar, preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Dorixonalardan berish tartibi:
Retseptsiz.
Chiqarilish shakli:
Preparatni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar bilan 60 kapsula.
Saqlash sharoiti:
Quruq, yorug'likdan himoyalangan (namlikning 70% dan ko'p bo'lmagan) va bolalar qo'li yetmaydigan joyda, +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
BFQ. Dori vositasi emas.