logo
Get Update
MONA FORTE Kaps

Preparatning savdo nomi: MONA FORTE

Tarkibi:

a) 2 yashil kapsula - ertalabki doza:

L-arginin 500 mg, L-karnitin 200 mg, E vitamini 18 mg, B9 vitamini 0,4 mg, B6 vitamini 2 mg, C vitamini 90 mg, Koenzim Q10 10 mg, Kaliy iod 0,15 mg.

b) 2 qizil-qora kapsula - kechki doza:

L-arginin 500 mg, Magniy karbonat 168 mg, Sink oksidi 12 mg, Natriy selenat 0,1 mg, Vitex 50 mg.

Yordamchi moddalar: maltodekstrin, kraxmal, kalsiy stearat.

Farmakologik xususiyatlari:

Ayollar uchun vitamin kompleksi:

•  L-arginin - organizmda qon aylanishini yaxshilaydi va xujayralarni kislorod bilan ta'minlaydi.
•  L-karnitin - hayz siklini normallashtirishga yordam beradi.
•  Vitamin E - oqsillar, yog'lar va uglevodlar metabolizmini yaxshilaydi, xujayralarni zararli erkin radikallardan himoya qiladi.
•  Rux oksidi - genetik apparatning ishlashi uchun zarur bo'lgan element bo'lib, hujayralar o'sishi va bo'linishida ishtirok etadi. Shuningdek, aminokislotalar, oqsillar, yog'lar, uglevodlar sintezida ishtirok etadi.
•  Vitamin B9 (folat kislota) - hujayraning o'sishi va bo'linishi uchun zarur bo'lib, homilaning o'sish va rivojlanish davrida ishtirok etadi.
•  Natriy selenat - organizmda zarur fermentlar va gormonlarni sag'laydi va ovulyasiyani kuchaytiradi.
•  Magniy karbonat - homiladorlik paytida oqsil va aminokislotalar sintezida ishtirok etadi.
•  Vitamin B6 - homiladorlikning boshlang'ich davrida toksikoz jarayonini osonlashtiradi, hissiy holat yaxshilanadi. Embrion asab tizimining rivojlanishida ishtirok etadi.
•  Vitamin C - antioksidant bo'lib, ishtahani oshiradi, immunitetni mustahkamlaydi.
•  Kaliy iod - organizmda gormonlar sintezini yaxshilaydi, modda almashuvini kuchaytiradi, qon-tomir devorlarini mustahkamlaydi. Koenzim Q10 - antioksidant, ayolda homilador bo'lish foizini oshiradi. Ayol organizimini yoshartiradi.
•  Vitex - progesteron va estrogen sekretsiyasini oshiradi, prolaktin gormonining sekretsiyasini kamaytiradi, tiklaydi. Homila tushish xavfini oldini oladi.

Qo'llanilishi:

•  Ayol bepushtligi;
•  Hayz siklining buzilishi;
•  Homiladorlikka tayyorgarlik;
•  Homiladorlikdan keyingi davr;
•  Emizish davri;
•  Libido pasayishi;
•  Gormonal muvozanatini buzilishi;
•  Klimaks davri;
•  Estrogen, progesteron miqdori pasayishi;
•  Organizm quvvatini oshirishi uchun;
•  Gipovitaminozni oldini olish va davolash, homiladorlikni rejalashtirish bosqichida minerallar va mikroelementlarning yetishmasligida;
•  EKUga tayyorlashda qo'shimcha vosita sifatida.

Qo'llash usuli va dozalari:

Ertalab 2 ta yashil kapsulani 1 marta va kechqurun 2 ta qizil-qora kapsulani 1 marta ichiladi.

Tavsiya etiladigan davolash kursi 3 oyni tashkil etadi. Zaruriyat bo'lganda takroriy davolash kursi shifokor tomonidan belgilanadi.

Nojo'ya ta'sirlari:

Ayrim hollarda me'da ichak tizimida o'zgarishlar bo'lishi mumkin (ko'ngil aynish, qayt qilish).

Qarshi ko'rsatmalar:

Turli xil o'simtalar, preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Dorixonalardan berish tartibi:

Retseptsiz.

Chiqarilish shakli:

Preparatni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar bilan 60 kapsula.

Saqlash sharoiti:

Quruq, yorug'likdan himoyalangan (namlikning 70% dan ko'p bo'lmagan) va bolalar qo'li yetmaydigan joyda, +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.

Yaroqlilik muddati: 2 yil

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

BFQ. Dori vositasi emas.

^