logo
Get Update
TIK TOK FORTE

Savdo nomi: TIK-TOK

Tarkibi (flakon-30 ml):

Faol moddalar: Laktaza 3 gr, Simetikon (66.66 mg/ml) 2 gr, ukrop (shivit) moyi 0,5 gr, Fenxel moyi 0,5 gr.

Yordamchi moddalar: banan aromatizatori, kalsiy xlorid, kalsiy sorbat, gliserin, sorbitol, tozalangan suv.

Farmakologik xususiyatlari:
Laktaza - sut shakarini glyukoza va galaktozaga parchalaydi, ular organizm tomonidan qiyinchiliksiz so'riladi va bu yig'lash, bezovtalikni davomiyligini sezilarli darajada kamaytiradi, ushbu natija sutning hazm bo'lish jarayoni yaxshilanishi bilan izohlanadi. Sut shakarini hazm qila olmaydigan organizmlarda ko'krak sutidagi va bolalar ovqatidagi laktozani parchalab beradi.
Simetikon - oshqozon va ichaklarning shilliq qavatlarda gaz pufakchalarini hosil bo'lishini kamaytiradigan va bartaraf etadigan faol tarkibiy qism. Ushbu ko'pikka qarshi ta'sir gaz pufakchalarining sirt tarangligini zaiflashtiradi va shu orqali ularni oson bartaraf etishga yordam beradi.
Ukrop (shivit) moyi - spazmolitik, gaz haydovchi, diuretik va oshqozonni faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Ishtahani yaxshilaydi, ovqat hazmini yaxshilaydi va meteorizmni yo'q qiladi, toksinlardan tozalaydi, yuqumli va endokrin kasalliklarning kechishini osonlashtiradi. Qorin sanchiqlarida va uyqusizlikda yordam beradi.
Fenxel moyi - spazmolitik, gaz haydovchi, diuretik, balg'am ko'chiruvchi, ich yurgizuvchi, oshqozonni kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Fenxel moyi gaz to'planishi, ich qotishi, sanchiq, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya (ko'p metabolik kasalliklar, infektsiyalar, oshqozon-ichak tizimining kasalliklari, xususan parazitli infektsiyalar bilan birga kechadigan organizmning ovqatlanishga bo'lgan ob'ektiv ehtiyojlarida ishtahaning to'liq bo'lmasligi), dispepsiya va hiqichoq kabi oshqozon muammolarini davolash uchun ishlatiladi.

Qo'llanilishi:
Chaqaloqlarda ichak sanchig'ining alomatlarini yo'qotish uchun. Go'daklar va bolalarda qorin dam bo'lishi, ovqat hazm qilish buzilishi, qorin og'rig'i uchun. Oshqozon-ichak traktining o'tkir zaharlanishlarida.

Qo'llash usuli va dozalari:
Bolalar (6 oygacha): kuniga 4 marta 6-10 tomchi, ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin.
Bolalar (6-12 oy): kuniga 4 marta, ovqatdan 15 daqiqa oldin 11-20 tomchi.
Bolalar (1 yoshdan katta): kuniga 4 marta 21-25 tomchi, ovqatdan 15 daqiqa oldin.

Nojo'ya tasirlari:
Nojoya ta'siri, odatda, kamdan-kam hollarda vaqtinchalik bo'ladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
Preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz

Chiqarilish shakli:
30 ml hajmdagi tomchi flakon shaklida.

Saqlash sharoiti:
Yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) joyda +25° C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlik muddati:
2 yil

Dori vositasi emas. BFQ.

^